MUSTAHKAM XIZMAT INTIZOMI – SAMARALI XIZMAT GAROVI
Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlari "Qo‘riqlash" bo‘limlarining xodimlari hamda ularning oila a’zolari ishtirokida shaxsiy tarkibning xizmat intizomini mustahkamlash, shuningdek ular orasida boshqa salbiy holatlarning oldini olish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Muloqotlarda xodimlarning oila a’zolari bilan hamkorlik o‘rnatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli rejalar tinglandi. Mazkur tadbirda soha vakillari so‘zga chiqib, so‘ngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan har xil totalizatorlik o‘yinlaridan ogoh bo‘lish, salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida alohida fikrlar bildirdilar.
Shu bilan birga o‘z xizmat vazifalarini chin dildan bajarayotgan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berilib, xizmatda o‘z safdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning oila a’zolariga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirildi.