Yangiliklar

22 Aprel 2023

MUHOKAMA MARKAZIDA XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH

"Qo‘riqlash" saflarida xizmat qilayotgan xodimlarning xizmat intizomini yanada mustahkamlash, ular orasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish hamda huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Farg‘ona viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Milliy gvardiya shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Kadrlar boshqarmasi mas’ullari va boshqarma xodimlari, shuningdek, videokonferensiya tartibida barcha shahar-tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda virtual olamda avj olayotgan tavakkalchilikka asoslangan turli o‘yinlarning ayanchli yakuni haqidagi dolzarb mavzular haqida so‘z yuritildi.
Shaxsiy tarkib orasidagi muammolarni o‘rganish, ularni erta aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida mas’ullarga zaruriy ko‘rsatmalar ham berildi.

2022 yil davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va xizmat intizomi buzilish holatlari aniq misollar va videoroliklar bilan ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, mamlakatimizda harbiy xizmatchi va xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilayotgan tavsiyanomalar haqida ham atroflicha so‘z borib, xizmat samaradorligini yanada oshirish lozimligi qayd etildi.