MUAMMO VA TAKLIFLARNI O‘RGANISH MAQSADIDA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI
Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda Namangan harbiy prokurori ishtirokida xodimlar va ularning oila a’zolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Ochiq muloqotlarda dastlab Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.
Sayyor qabul davomida 100 nafarga yaqin fuqarolardan turli yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Ishga joylashish, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kreditlar olish kabi yo‘nalishlarda kelib tushgan bir qator muammolar joyida yechimini topdi.
O‘tkazib kelinayotgan bu kabi sayyor qabullar xodimlar va ularning oila a’zolarini huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda duch kelgan muammolarini ijobiy hal etishda, ularni o‘ylantirayotgan, qiynayotgan masalalarni joyida bartaraf qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida namunali xizmat qilib kelayotgan xodimlarning oila a’zolariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.