Yangiliklar

4 Noyabr 2023

MILLIY QADRIYATLARIMIZ ASOSIDA TARBIYALANAYOTGAN YOSHLAR

Termiz shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan harbiy-vatanparvarlik hamda sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari: Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Salim Ashur, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalar yoshlar bilan suhbatlashib, ularning kelajakdagi rejalari bilan qiziqishdi.

Maktabda tashkil etilgan kamondan otish va ot sporti boʻyicha seksiyalar faoliyati haqida maʼlumotlar berilib, oʻquvchilar oʻz mahoratlarini koʻrsatib berishdi.