OROMGOHLARDA YOSHLARNING DAM OLISHLARI MAZMUNLI TASHKIL ETILMOQDA
Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan "Nanay" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida dam oluvchi yoshlar uchun Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan "Yoshlar bilan bir kun" shiori ostida sport, madaniy-maʼrifiy va vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazildi.
Bolajonlarning dam olish vaqtlarini yanada sermazmun oʻtishini tashkillashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirlar doirasida kamondan otish sport turi boʻyicha mahorat darslari tashkil etildi. Bundan tashqari, harbiy texnika va aslahalar koʻrgazmasi yoshlarda katta qiziqish uygʻotgan boʻlsa, badminton, shaxmat, stol tennisi kabi sport musobaqalari esa tadbirlarga koʻtarinki ruh bagʻishlamoqda. Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻtayotgan bellashuvlar yakunida esa gʻolib boʻlgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanmoqda.