Navbatdagi ochiq eshiklar kuni doirasidagi tadbirda yoshlar Milliy gvardiyada boʻlishdi
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshirish, harbiy boʻlinmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ochiq eshiklar kuni tadbirini oʻtkazish anʼanaga aylangan.
Kuni kecha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasida oʻtkazilgan navbatdagi tadbir Termiz shahridagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, otaliqqa olingan yoshlar uchun unitilmas xotiralarga boy boʻldi. Tadbirda yoshlar Milliy gvardiya hamda "Qoʻriqlash" xizmati faoliyati, maxsus texnika va jihozlari haqida tushunchalarga ega boʻldilar. Tadbir doirasida xizmat otlari vazifalar xususida maʼlumotlar berilib, yoshlar otda sayr qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Kamondan otish sport turini yanada ommalashtirish va targʻib etish maqsadida bugungi kunda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ochiq eshiklar kunida ham ishtirokchilarga mazkur merganlar sporti haqida tushunchalar berilib, amaliy tarzda mashgʻulotlarda oʻzlarini sinab koʻrdilar.
Harbiy qismga sayohat yakunida "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi. Milliy gvardiyaning faxriylari, ofitserlari oʻzlarining tajribalari, oʻz ish faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bilan oʻrtoqlashdilar. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan zarur tavsiya va maʼlumotlar oldilar.