YOSHLAR BIZNING KELAJAGIMIZ!
Maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular orasida olimpiya sport turlarini keng ommalashtirish, shuningdek, Vatanga boʻlgan muhabbatni yanada oshirish hamda ruhiy barqarorligini mustahkamlash maqsadida harbiy vatanparvarlik va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Andijon viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan navbatdagi tadbirda masʼullar tomonidan oʻquvchi yoshlar uchun Milliy gvardiya tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi. Shundan soʻng yoshlar, xodimlar tomonidan turli xil anjom-aslahalar namoyishi, "Qoʻriqlash" boshqarmasining tezkor harakatlanuvchi guruh faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu jarayonda ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashish maqsadida turli qiziqarli koʻrgazmali chiqishlari namoyish etilib, sportning arqon tortish, tosh koʻtarish, shaxmat-shashka, stol tennisi hamda kamondan otish turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.
Tadbir davomida yoshlarda oʻzgacha qiziqish qoldirgan sportning kamondan otish turi boʻyicha oʻtkazilgan koʻrgazmali mahorat darsi boʻldi desak adashmaymiz.
Bunday tadbirlar kelajagimiz egalarini kelgusi hayot yoʻlida katta ahamiyat kasb etadi.