Yoshlar – har bir yurt va millatning boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrati manbaidir
Mamlakatimizda yoshlarga gʻamxoʻrlik qilish, ular kelajakda komil inson boʻlib voyaga yetishi va yurt taraqqiyoti yoʻlida oʻz imkoniyati va salohiyatini ishga solishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi, "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan "Yosh gvardiyachilar" bolalar va oʻsmirlar sport maktabida "Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida yoshlar oʻrtasida kamondan otish, ot ustida kurash, arqon tortish va tosh koʻtarish musobaqalari tashkil etildi.
Bellashuvlar qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻldi. Har bir ishtirokchi gʻoliblik uchun astoydil kurash olib borib, tadbirni yanada koʻtarinki ruhda boʻlishini taʼminlab berishdi.
Yakunda esa faxrli oʻrinlarni egallagan yoshlarga diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.
Taʼkidlash joizki, bu kabi bellashuvlar yoshlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashga, vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga, oʻz isteʼdod va qobiliyatlarni namoyon etishlariga xizmat qilyapti.