Yangiliklar

23 Avgust 2025

Mintaqaviy oʻquv markazlarida ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat navbatdagi bitiruvchilarga tantanali sertifikatlarni topshirish marosimlari boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Qoʻriqlash Departamentining mintaqaviy oʻquv markazlarida boshlangʻich tayyorlash boʻyicha oʻquv yigʻinlarida ishtirok etgan ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat navbatdagi bitiruvchilarga tantanali sertifikatlarni topshirish marosimlari boʻlib oʻtdi.

Tadbirlarda yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat va Vatanga fidoyilik ruhida qasamyod qilingan boʻlib, tinglovchilarning kelajakdagi xizmat faoliyatiga muhim qadam boʻldi.

Marosimlar yakunida esa markaz rahbariyati va masʼullari kirish soʻzlari bilan ochib, tinglovchilarni qasamyod qabul qilganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, kelgusi xizmat faoliyati davomida, olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladilar.

Shundan soʻng oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.