MILLIY GVARDIYA QO‘MONDONLIGI TARAFIDAN GʻALABALAR MUNOSIB RAGʻBATLANTIRILDI
Kuni kecha Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari tomonidan Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida ayollar boksi bo‘yicha jahon chempionatida munosib ishtirok etib katta g‘alaba bilan qaytgan safdoshimiz, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Toshkent shahar "Qo‘riqlash" boshqarmasi Yashnobod tuman "Qo‘riqlash" bo‘limi safdor xodimasi Navbahor Hamidova taqdirlandi. Eslatib o‘tamiz, sportchimiz ushbu bellashuvda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Jahon maydonlarida mamlakatimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘targan Hamidovaga Milliy gvardiya ko‘krak nishoni va sportchini xalqaro turnirga munosib tayyorlagan murabbiyi Elshod Rasulovga esa Milliy gvardiya esdalik qo‘l soati tantanali tarzda faxriy sportchilar ishtirokida topshirildi.
Ushbu e’tirof namunasi bo‘lgan rag‘batlantirishlar kelgusida Milliy gvardiya sportchilarining jahon minbarlarida yanada olg‘a qadam bilan harakat qilishlariga sabab bo‘ladi.