Milliy gvardiya Buxoro viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi xodimi safdor Xayotov Maxmud kikboksing boʻyicha Jahon chempionatida 2-oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi 6-13 oktabr kunlari Kambodjada kikboksing boʻyicha boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasidagi Osiyo Chempionatidan gʻalaba bilan qaytdi. Terma jamoamiz 3 ta bronza, 5 ta kumush va 20 ta yuqori darajadagi medallar bilan qaytdi.
Gʻalaba bilan qaytgan sportchilar orasida Milliy gvardiya xodimi ham bor: Buxoro viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi xodimi safdor Xayotov Maxmud 2-oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Osiyo chempionatidan avval M.Xayotov 25-29 sentabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan va 53 ta davlatdan 3 mingga yaqin sportchi ishtirok etgan kikboksing boʻyicha jahon Kubogi musobaqasi gʻolibi boʻldi.
Hamkasbimizni gʻalabasi bilan tabriklaymiz va unga kelasi sport gʻalabalari va xizmatda muvaffaqiyatlar tilaymiz!