“Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar
Hududlarda huquqbuzarliklar va jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan qamrovli targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.
Ushbu tadbirlar doirasida savdo obyektlari, jamoatchilikka xizmat koʻrsatuvchi turli tuman savdo doʻkonlari, xizmat koʻrsatish muassasalarini qoʻriqlash xizmatiga ulash, shuningdek, ushbu joylarda kuzatuv kameralarini oʻrnatish boʻyicha keng qamrovli tushuntirish va targʻibot ishlari amalga oshirildi.
Qoʻriqlash boshqarmasi masʼullari tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib, xavfsizlikni taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mulkiy jinoyatlarga chek qoʻyish, fuqarolarning mulklarini muhofaza qilish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, savdo obyektlarga “Tashvish tugmachalari” oʻrnatish hamda qoʻriqlovga olish tartibi, Qoʻriqlash xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari, tezkor harakatlanuvchi guruhlar faoliyati va signalizatsiya vositalarining ishlash tartibi malakali mutaxassislar tomonidan tushuntirildi.