Yangiliklar

7 Avgust 2024

JOYLARDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH BORASIDAGI TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari hamda hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birga aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Tadbirlar davomida hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish, fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berildi.

Yakunda oʻz xonadonlarini hamda savdo doʻkonlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilinib, texnik qoʻriqlash markaziga ulash choralari koʻrildi. Bu kabi tadbirlar respublikamizning boshqa hududlarida ham oʻtkazilmoqda.