Qonunchilikni mustahkamlash va xizmat intizomini taʼminlash boʻyicha profilaktik tadbir
Namangan viloyati Chust va Pop tumanlaridagi "Qoʻriqlash" boʻlimlari xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, shuningdek, koʻngilsiz holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi, viloyat harbiy prokurori va Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi boshliqlari ishtirok etib, xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish borasidagi asosiy talablar hamda vazifalar haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Tadbir davomida qonunchilik intizomini buzish holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan targʻibot ishlari va profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilindi. Har bir xodimning qonunga rioya qilish va xizmat vazifalarini vijdonan bajarish muhim ekanligi alohida taʼkidlandi.
Tadbir yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan videorolik xodimlarga namoyish etildi.