OBYEKTLAR XAVFSIZLIGI BORASIDAGI TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklari xavfsizligini taʼminlash borasida Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan fuqarolarimiz xonadonlari, bozor va savdo markazlari hamda dorixonalarda targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.
Navbatdagi tashkil etilgan tadbirlar davomida Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand hamda Sirdaryo viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan mahallalarda yashovchi fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat koʻrsatish turlari, tariflari, yaratilayotgan imkoniyatlar va sohada hozirgi kunda foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda oylik toʻlovlar haqida maʼlumotlar berildi.
Shu bilan birga fuqarolar xonadonlari, ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi savdo doʻkonlariga oʻrnatib berilayotgan ogohlantiriluvchi xabar beruvchi uskunalarni oʻrnatish bunday zamonaviy texnikalar turli xil jinoyatlar va oʻgʻirliklarning sonining kamayishi, aholi xotirjamligini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Yakunda oʻz xonadonlarini va tadbirkorlik obyektlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Bu kabi ishlar respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.