TARGʻIBOT TADBIRLARI IZCHILLIK BILAN DAVOM ETMOQDA
Respublikamiz boʻylab oʻgʻirlik va boshqa turdagi huquqbuzarliklarni oldini olishda "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasining xizmat turlari asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda. Bu borada hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulklarini ishonchli qoʻriqlashni taʼminlashda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya uskunalaridan foydalanishni targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari davomida fuqarolarga "Qoʻriqlash" xizmati turlari afzalliklaridan foydalanish, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va yaratilayotgan qulayliklar borasida tushunchalar berilmoqda.
Bu kabi navbatdagi tadbirlar Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Xorazm viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari tomonidan shahar-tumanlardagi mahallalarda fuqarolar ishtirokida oʻtkazildi. Unda jinoyat tushunchasi, jinoyatlarni tasniflash, jinoyatchilikni oldini olishda zamonaviy qoʻriqlash texnologiyalari bilan inshoot va fuqarolar xonadonlarini jihozlash va texnik qoʻriqlovga olish orqali fuqarolarning mol-mulklarini jinoiy tajovuzdan himoya qilish taklifi berilib, ushbu texnologiyalarni qanday ishlashi va ulardan samarali foydalanish usullari inshoot va fuqaro xonadonlarini texnik qoʻriqlash markazlari orqali qoʻriqlovini amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
Yakunda oʻz xonadonlarini va tadbirkorlik obyektlarini qoʻriqqa topshirish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilindi. Bu kabi targʻibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarda tashkil etilmoqda.