Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan axborot xurujlaridan himoyalanish toʻgʻrisida profilaktik tadbir
Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan axborot xurujlaridan himoyalanish toʻgʻrisida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Toshkent shahar IIBB hamda Qoʻriqlash boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi masʼullari ishtirokida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida oʻtkazilgan mazkur uchrashuvda bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va jamoat joylarida fuqarolar orqali sodir etilayotgan turli xil firibgarlik holatlari borasida ogohlantirildi.
Shuningdek, "Qoʻriqlash" xizmati xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilik masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, korrupsiya va firibgarlik jinoyatlariga qarshi kurashish hamda axborot xavfsizligi borasida sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan kengroq tanishtirildi. Shuningdek, "Qoʻriqlash" xizmati xodimlarining fuqarolar bilan muloqot qilish madaniyati va qoidalari, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida fikr mulohazalar bildirildi.
Bundan tashqari shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomiga rioya qilish, turli xildagi qonun buzilishi holatlarini oldini olish – har bir kishining vazifasi ekanligi taʼkidlandi.