MERGANLIK VA CHAVANDOZLIK BIR MAYDONDA SINOVDAN O‘TKAZILDI
O‘quvchi yoshlar o‘rtasida kamondan otish va ot sportini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish borasida Namangan viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari tomonidan ham rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Isxoqxon Ibrat ijod maktabi o‘quvchilari bilan Davlatobod tumanidagi Chavandozlar maktabida kamondan otish va ot sporti bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.
O‘quvchilar tadbir davomida kamondan otish bo‘yicha o‘z o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda tulporlar bilan muomala qilish, ularda sayr qilish imkoniga ega bo‘ldilar.