Yangiliklar

1 May 2023

“MEN DONORMAN” AKSIYASI ORQALI BEGʻARAZ MEHR ULASHILDI

Aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi mutaxassislari tomonidan donorlik aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi aksiya Milliy Gvardiya Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasining Samarqand shahar "Qo‘riqlash" bo‘limida o‘tkazildi.

Qon kuyish stansiyasining maxsus jihozlangan xavfsiz avtobusida 100 nafarga yaqin "Qo‘riqlash" xizmati xodimlari beg‘araz qon topshirish aksiyada ishtirok etib, bemor qalblarga yordam berish, o‘zgalar hayotini saqlab qolishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.

Muntazam tashkil etib kelinayotgan “Men donorman” aksiyasida donorlar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu ham bo‘lsa mutaxassislarning beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish borasida olib borayotgan sa’y harakatlarining natijasidir.