Yangiliklar

5 Iyun 2023

"MEHRLI TABASSUM” LOYIHASI BOLAJONLAR NIGOHIDA

Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi hamda Jizzax shahar Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi bilan hamkorlikda 5-sonli Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida "Mehrli tabassum" shiori ostida bolajonlar uchun bayram dasturi tashkil etildi.

Quvnoq va qiziqarli tashkil etilgan bayramda muassasaning 121 nafar bolajonlari faol ishtirok etishdi.

“Muslima” bolalar raqs ansambli tomonidan konsert dasturi bolajonlarga bir olam quvonch bag‘ishladi.

Tadbir davomida tashkilotchilar tomonidan bolajonlar uchun esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi nogironligi bo‘lgan bolajonlarning ko‘nglini ko‘tarish, ijtimoiy kayfiyatini yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini egallashga yordam beradi.