MЕDIAMAKONDA ISHONCHLI MANBALARI SARALASHNI TAKOMILLASHTIRISH MAQSADIDA MULOQOTLAR TASHKIL ETILDI
Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida harbiy xizmatchi va viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlarining axloqiy, ruhiy tayyorgarligini mustahkamlash, ularning emotsional holatlarini barqarorlashtirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Tinchlik posbonlarining psixologik holatini chuqur o‘rganish maqsadida tashkil etilgan muloqotlarda hozirgi murakkab globallashuv jarayonida axborot xurujiga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirgan holda turli manbalarda tarqatilayotgan ma’lumotlarni faqat ishonchli manbalardan foydalangan holatda olish mumkinligini unutmaslik ta’kidlandi.
Shuningdek, norasmiy ma’lumotlarni tarqatishdan oldin uning ishonchligini tekshirish, bilib bilmay turli xabarlarni mediamakonda tarqatib yubormaslik kabi muhim jihatlar haqida so‘z bordi.
Ayniqsa, murakkab vaziyatlarga baho berilayotgan paytda neytral pozitsiyani saqlab qolish, axborotlarning aniqligi hamda ishonchliligiga amin bo‘lgan holatda o‘quvchiga taqdim qilish lozimligi tushuntirildi.
So‘z olganlar Vatan himoyachilarining ruhiy barqarorligini yanada mustahkamlashda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligini qayd etildi.