MOL-MULK VA XONADONLARNI QO‘RIQQA OLISH TARG‘IBOTLARI DAVOM ETMOQDA
Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda profilaktika qilish maqsadida Andijon viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatining barcha shahar-tumanlarining aholi gavjum joylarda, savdo nuqtalarda, bozorlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari markazlarida xizmatning afzalliklari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Soha xodimlari tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibotlar davomida, fuqarolar va tadbirkorlarga "Qo‘riqlash" xizmatining afzalliklari, xizmat ko‘rsatish turlari, ta’riflari, yaratilayotgan imkoniyatlar, fuqarolar xonadonlariga qo‘riqlash uskunalarining bepul o‘rnatib berilayotganligi hamda oylik to‘lovlar haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.
O‘tkazilgan bunday profilaktik targ‘ibot tadbirlari maqsadi – jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy xavfsizlik va mol-mulkini ishonchli qo‘rig‘ini ta’minlash hisoblanadi.