"QOʻRIQLASH" XIZMATI AFZALLIKLARI BORASIDAGI TARGʻIBOTLAR DAVOM ETMOQDA
Samarqand viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda shahar va tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, mahallalarda oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Kuni kecha "Qoʻriqlash" xizmati xodimlari tomonidan Toyloq va Qoʻshrabot tumanlarida navbatdagi targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Mazkur tadbirlar davomida savdo doʻkonlari va aholi orasida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish, aholining moddiy-tovar boyliklarni ishonchli himoyalash borasida "Qoʻriqlash" xizmatining afzalliklari, maqsad va vazifalari, shuningdek, soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar, xizmat koʻrsatish turlari hamda tariflari yuzasidan batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.
Targʻibotlar davomida oʻz xonadonlarini qoʻriqlovga topshirmoqchi boʻlgan fuqarolar xizmat avtobuslarda tashkil etilgan integrallashgan qoʻriqlov vositalarining namoyishi va ularning ishlar tartibi bilan yaqindan tanishishdi.
Tadbirlar yakunida "Qoʻriqlash" xizmatidan foydalanish istagini bildirgan fuqarolardan belgilangan tartibda arizalar qabul qilinib, masʼullarga tegishli vazifalar topshirildi.