“XAVFSIZ HUDUD” TAMOYILI ASOSIDA TARG‘IBOTLAR O‘TKAZILDI
Bugungi kunda hayotimizga kirib kelgan “Xavfsiz shahar” va “Xavfsiz xonadon” tushunchalari har jihatdan xavfsizligini jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash, ularning murojaatlarini qabul qilish va texnik qo‘riqlash vositalarini o‘rganish, ularni montaj va demontaj qilish tartiblarini fuqarolarga yetkazish maqsadida “Qo‘riqlash” xizmati afzalliklari borasidagi targ‘ibotlar o‘tkazildi.
Qashqadaryo, Xorazm, Andijon va Surxondaryo viloyatlari bo‘ylab tashkil etilgan targ‘ibotlar davomida xizmat turlari haqidagi ishonchli ma’lumotlar aholiga yetkazilmoqda.
Maqsad – xalqimizga “Qo‘riqlash” xizmati haqidagi aniq ma’lumotlarni yetkazish, mol-mulklarni qasddan o‘zlashtirishga urinish, o‘zgalar tasarrufidagi boyliklarga, moddiy-tovarlar hamda boshqa turdagi mahsulotlarga noqonuniy egalik qilish, o‘zlashtirishga urinish kabi salbiy holatlarda tezkor harakatlanuvchi guruh vakillarining harakatlari hamda texnik qo‘riqlash vositalarining ishlash tartiblari tushuntirildi.
Respublika bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.