Yangiliklar

4 Iyun 2025

Toshkent shahrida Qoʻriqlash faoliyatini kompleks rivojlantirishning chora tadbirlari, ustuvor vazifalarning ijrosi hamda mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan rejalar hamda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama etildi

Toshkent shahrini jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, mahallalarda tinch va osuda hayotni tashkil etish maqsadida Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov, tumanlar hokimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari ishtirokida Qoʻriqlash faoliyatini kompleks rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Dastavval Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilayotgan  qoʻriqlash xizmatlarining turlari, zamonaviy qoʻriqlashning texnik vositalari, koʻp qavatli uylar va bozorlarda oʻrnatilayotgan tashvish tugmalari hamda videokuzatuv kameralarining natijadorligi, yangi joriy etilgan qoʻriqlashning mobil ilovasi afzalliklari tushuntirildi. 

Mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash borasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda koʻchalar va yoʻlaklarni namunali va xavfsiz etish borasidagi ishlar taqdimot qilindi. 

Shundan soʻng Axborot-tahlil va monitoring markazi va tezkor harakatlanuvchi guruhlarning natijadorligi namoyish etilib masʼullarga sohani rivojlantirishga doir tavsiyalar berildi.