MARKAZDAN UZOQ HUDUDLARDA "QO‘RIQLASH" XIZMATI SAMARADORLIGI TUSHUNTIRILMOQDA
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan ishonchli himoyani ta’minlashga qaratilgan ishlarni fuqarolarimizga yetkazish maqsadida Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on”, Koson tumanidagi “Ko‘hna qa’la” bozorlari hamda mahallalarida xizmat afzalliklari borasidagi navbatdagi targ‘ibotlar bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassislar Milliy gvardiya "Qo‘riqlash" xizmati tomonidan bugungi kunda tizimda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda mulkiy turdagi jinoyatlarning keskin kamayishiga erishilayotganligini e’tirof etdilar.
Soha xodimlari tomonidan bozorlar savdo rastali ko‘ngilochar joylarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida aholi o‘rtasida xizmatning afzalliklari juda muhim ekanligi ta’kidlandi.
Amaliyotga joriy etilayotgan yangi qo‘riqlov vositalari, xonadon va ob’yektlarni qo‘riqlovga topshirish qonun-qoidalari ham fuqarolarga yetkazilib, maxsus narxlar bilan tanishtirildi.