Yangiliklar

28 May 2023

MARKAZ TINGLOVCHILARINING AMALIY BILIMLARI OSHIRILDI

Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tahsil olayotgan tinglovchilar uchun “Qo‘riqlanayotgan ob’yektlardagi nazorat o‘tish punktlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning vazifalari hamda transport vositalari va buyumlarni ko‘zdan kechirish tartibi” bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkillashtirildi.

Amaliy o‘quv mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid qarorlari hamda Milliy gvardiya qo‘mondonining tegishli buyruq va ko‘rsatmalari talablari, xodimlarni nazorat o‘tish punktlarida xizmat o‘tash tartibi bo‘yicha tushunchalar berildi.

Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tinglovchilarga xizmat o‘tash tartibi, asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, nazorat o‘tish joylarida fuqarolar hamda avtotransport vositalarini tekshirish jarayonlarini amaliy tarzda ko‘rsatib tinglovchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi bosh yuriskonsulti tomonidan tinglovchilarga nazorat o‘tish joylarida xizmat olib borish davomida fuqarolar bilan muomalaga kirishish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha yuridik maslahatlar hamda tushunchalar berildi.

Amaliy o‘quv mashg‘ulot yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javob oldilar.