MA’NAVIY-MA’RIFIY BILIMLARNI OSHIRISH MAQSADIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Hozirgi kunda, "Qo‘riqlash" tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning jangovar-jismoniy va kasbiy salohiyatini oshirish bilan bir qatorda ma’naviy bilimlarini hamda dunyoqarashini xam yuksaltirishga qaratilgan bir qator samarali tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar muntazam ravishda tashkillanib kelinmoqda.
Xususan, ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida xam bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, boshqarma ofitserlari hamda xodimlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda “Buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’ruzalar tinglanib, so‘z olganlar qadimdan yurtimizda yetishib chiqqan allomalar, olimlar, shoirlar, ularning avlodlarga qoldirgan boy merosi, ota-bobolarimizning jahon ma’naviy hayti rivoji uchun amalga oshirgan ishlari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini oshirish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish borasida ham o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Bu kabi tadbirlar xodimlarining bilim saviyasini yanada mustahkamlashga ko‘mak bermoqda.