Yangiliklar

20 Iyul 2024

Maktab qorovullari ishtirokida oʻquv-seminar tashkil etildi

Mamlakatimizda taʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlash – muhim vazifa hisoblanadi. Aynan shu yoʻnalishdagi ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Yangiyoʻl tumanida joylashgan maktablar qorovullari ishtirokida oʻquv-seminar tashkil etildi.
Oʻtkazilgan oʻquv-seminarda soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlash, hamkorlik qilish hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchilari lavozimlariga nomzodlarga qoʻyiladigan talablarning tartibi haqida aytib oʻtildi. Bundan tashqari taʼlim muassasalarida psixologik muhitni yanada yaxshilash, oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, qonun buzilishlarga qarshi immunitetni shakllantirish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida esa yigʻilganlarga "Qoʻriqlash" xizmati vazifalari va afzalliklari, mazkur xizmat turidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi. Shuningdek, mavjud taʼriflar haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Close menu