MAKTAB OʻQUVCHILARI OʻRTASIDA HARBIY-VATANPARVARLIK TADBIRLARI
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar ruxida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni kuz korachigidek asrab-avaylash, ezgulik gʻoyalarini singdirish, tarbiyada boʻshlik yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik hozirgi kunning eng muhim va ustuvor vazifalaridan boʻlib kelmoqda.
Bu boradagi amaliy ishlar doirasida kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazida "Barkamol avlod" bolalar maktabi oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.
Tashrif davomida oʻquvchilar markazning faoliyati, Milliy gvardiya va xodimlari tomonidan xizmatda foydalanib kelinayotgan maxsus vosita va qurollar, ularni ishlatish tartib-qoidalari, soha xodimlarining xalqimiz tinchligi, fuqarolarimizning xavfsizligini taʼminlashda amalga oshirib kelayotgan masʼuliyatli vazifalari shuningdek, markazda tashkil etilgan sport toʻgaraklari bilan yaqindan tanishtirildi.
Tadbir, markaz tinglovchilarining navbatdagi oʻquv yigʻini tantanali bitiruvi marosimiga ulanib, unda tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Shuningdek, mazkur tadbirda ishtirok etgan oʻquvchilarga Milliy gvardiya Faxriy qorovul vzvodi hamda Namunali-koʻrgazmali orkestr jamoasining musiqiy chiqishi namoyish etilib, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuygʻularining yanada yuksalishi, ajdodlarga munosib avlod boʻlish, ularning ibratli hayot yoʻlidan namuna olish, egallayotgan bilim va salohiyatlarini yurtimizning tinchligi, gullab yashnashi va yanada taraqqiy etishi yoʻlida sarf etishlari yetkazildi.