Yangiliklar

8 Aprel 2023

MAISHIY XIZMAT KO‘RSATISH OBYEKTLARINING ISHONCHLI HIMOYASI TA’MINLANMOQDA

Jizzax viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi Monitoring markazi hamda Zafarobod tuman "Qo‘riqlash" bo‘limi tomonidan tumandagi kriminogen vaziyati og‘ir mahallalardagi savdo shaxobchalarida "Qo‘riqlash" xizmati afzalliklari yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, tuman "Qo‘riqlash" bo‘limida texnik qo‘riqlash markazi tashkil qilinganligiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, tumanda davlat ro‘yxatidan o‘tgan savdo shaxobchalari va xizmat ko‘rsatish markazlarining 65 foizi markaz tomonidan qo‘riqlovga olingan bo‘lib, ularning bugungi kunda ishonchli qo‘riqlovi ta’minlanmoqda.

Kuni kecha xam o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida tadbirkorlarga qo‘riqlash turlari va afzalliklari, xizmat ko‘rsatish tariflari xususida tushuntirish ishlari olib borilib, savdo shaxobchalarini qo‘riqlovga topshirish istagida bo‘lgan fuqarolarga zaruriy tavsiyalar berilib, bir nechta obyektlar yangidan qo‘riqlovga olindi.