Barchamizga ma’lumki bugungi davrda xavfsizlik ijtimoiy hayot tarzining ajralmas qismi hisoblanadi. Ana shu maqsadda kuni kecha Urganch shahar hokimligi binosida shahar hududidagi “Mahalla beshligi” ya’ni mahalla raislari, yoshlar yetakchilari, xokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Shahar hokimi Oybek Xolboyev raisligida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda "Qo‘riqlash" xizmatining afzalliklari hamda ushbu tizimning vazifalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ayniqsa, signalizatsiya vositalari orqali ayrim huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldi olinishiga erishilayotganligi alohida e’tirof etildi. Mahalla faollariga o‘zlarining mahallasida mazkur texnik "Qo‘riqlash" vositalari hamda uskunalarining qulayliklarini fuqarolarga targ‘ib qilish va turli obyektlarga ularni o‘rnatish orqali mahallaning tinchligi va farovonligiga erishish mumkinligi tushuntirib o‘tildi.
Ushbu vositalarning ishlash tartibi va qo‘riqlovga qabul qilish shartlari to‘g‘risida shahar "Qo‘riqlash" bo‘limi mas’ullari tomonidan ma’lumotlar berib o‘tildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mas’ullarga yuzlanib, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.