Yangiliklar

26 Iyul 2023

MAHALLA YOSHLARINING BO‘Sh VAQTLARINI SAMARALI O‘TKAZISHLARI UCHUN SAYOHAT TASHKIL ETILDI

Yoshlar tarixni teran anglashlari, unga hamohang tarzda o‘zlarining porloq kelajaklarini yaratmog‘i darkor. Avvalo, o‘z makoni tarixini bilgan, uning kechmishi, o‘tmishidan boxabar bo‘lgan insongina yurt taraqqiyoti uning ertasi uchun mas’ul bo‘la oladi.

Ertamiz egalarida tarixiy bilimlarni mustahkamlash maqsadida kuni kecha Namangan viloyatining Chortoq tumani yoshlari uchun tumanda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Koroskon” muzeyiga sayohat tashkil etilib, o‘g‘il-qizlar yurtimiz tarixidan hikoya qiluvchi ko‘plab eksponatlar, kitoblar va esdaliklar bilan tanishtirildi.

Ushbu muzeydagi turli osori-atiqalar bilan tanishar ekan yoshlar turli buyumlarning taraqqiy etishi, takomillashishi, shuningdek, ko‘plab tarixiy manbalar bilan yaqindan tanishdilar.

Namangan viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan qiziqarli taassurotlarga boy sayohat davomida asosiysi tarixiy bilimlar mustahkamlandi, yangi o‘tmish silsilasidan hikoya qiluvchi noyob eksponatlar bilan tanishib, tarixiy haqiqatlar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar tinglandi.