Yangiliklar

19 May 2023

MAHALLA BOLALARI ISHTIROKIDA “SPORTNI SEV, SPORT BILAN YASHA” SHIORI OSTIDA MUSOBAQALAR BO‘LIB O‘TMOQDA

Bugungi kunda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan har bir yosh avlodga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu borada olib borilayotgan ishlar hatto respublikamizning eng chekka hududlarida ham qizg‘in tus olgan.

Namangan viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Yangiqo‘rg‘on tuman “Iskovot” mahallasida joylashgan "Yosh gvardiyachilar" sport maktabi o‘quvchilari o‘rtasida futbol va kurash bo‘yicha mashg‘ulotlar va musobaqa o‘tkazildi.

Ayniqsa futbol sport turi bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlar qizg‘in va murosasiz tus oldi.

Musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoa a’zolari "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari tomonidan rag‘batlantirildilar.