KUTUBXONA – ChЕKSIZ BILIMLAR UMMONI
Xodimlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni badiiy adabiyotga ko‘proq yo‘naltirish maqsadida kuni kecha Farg‘ona viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari uchun Qo‘qon shahrida joylashgan zamonaviy “Amiriy” kutubxonasiga tashrif tashkil etildi.
Ma’rifat markazida xodimlarga kutubxona fondidagi kitoblar zaxirasi, turli nomdagi adabiyotlar jamlanmasi bilan yaqindan tushunchalar berildi. Jahonda mashhur bo‘lgan durdona asarlar, badiiy, detektiv, bolalar adabiyoti, she’riy to‘plamlar o‘rin olgan markazda barcha kitoblar ham bosma ham elektron shaklda, o‘quvchilarga qulay usulda kitobxonlarga taqdim etilishi, shuningdek, milliy va jahon yozuvchilarining asarlarini o‘qish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.
Kitob o‘qish, badiiy asarlar mutolaasi inson aqlini kamolotga yetaklab, uning salohiyatini oshiradi, insonlar orasida tafakkurining rivojlanishiga asos yaratadi.