YOZGI TAʼTIL MAROQLI OʻTMOQDA
Bugungi kunda yosh avlodni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida yutimizda tizimli hamda samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bolalar oromgohlarida dam olayotgan yoshlar uchun vatanparvarlik, koʻngilochar va sport tadbirlari davom etmoqda. Bu kabi tadbirlarning navbatdagilari Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari xodimlari hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazildi.
Harbiy xizmatchi va xodimlar tomonidan chiroyli koʻrgazmali va musiqiy chiqishlari taqdim etilib, zamonaviy harbiy qurol-aslaha koʻrgazmalari namoyish etildi. Shundan soʻng kamondan otish, shaxmat, stol tennisi turlari boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi.
Harbiy orkestr ijrosidagi musiqiy namoyishlar esa tadbirlarga yanada koʻtarinki ruh bagʻishladi.