Yangiliklar

27 Noyabr 2023

XODIMLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI MUSTAHKAMLANDI

Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilarining ogohligi va hushyorligini oshirish, tinchlikning naqadar muqaddas neʼmat ekanligini yetkazish va uni qadrlash tuygʻularini yanada yuksaltirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi masʼullari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Soʻzga chiqqanlar shiddat bilan rivojlanib va taraqqiy etib borayotgan hozirgi kunda jahonda millatlar kelajagiga tahdid tugdiruvchi bir qancha omillar mavjudligini taʼkidlashdi.
Ana shunday xatarlardan biri diniy ekstremizm va terrorizm kishilik jamiyatining oʻtmishida xam, bugunida xam xalqlar boshiga ogʻir kulfatlarni yogʻdirayotganligi, jamiyat rivojlanishi, ayrim davlatlar, mintaqalar va insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyotiga jiddiy tahdid solayotganligi, shuningdek, bu kabi salbiy illatlarga qarshi doimo hushyor va ogoh hayot kechirish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir yakunida tegishli videorolik namoyish etilib, xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.