Yangiliklar

8 Aprel 2023

XODIMLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA

Huquqbuzarliklarni profilaktika qilish kuni doirasida Xorazm viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasida shaxsiy tarkib ishtirokida Urganch shahar harbiy prokuraturasi va Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi mas’ul xodimlari ishtirokida “Nafs quliga aylanganlar, firibgarlik – jarga yetaklovchi yo‘l” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan Milliy gvardiya xodimi degan yuksak nomga dog‘ tushirmaslik uchun xizmatni namunali tarzda olib borish, davlat hamda fuqarolar mol-mulklari daxlsizligini ustuvor vazifa sifatida bilish hamda belgilangan topshiriqlarni bajarish davomida tashabbuskor bo‘lish to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, Respublikamizda ayrim fuqarolar ishtirokida uchrab turadigan firibgarlik holatlari sarhisob qilinib, mazkur holatlarni oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Ishtirokchilar mazkur davra suhbati orqali o‘zlarining huquqiy savodxonligini yana bir karra oshirdilar.