Yangiliklar

25 Avgust 2023

XODIMLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA

Toshkent shahar "Qo‘riqlash" boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Yangi Mehnat kodeksining ahamiyati: ish beruvchi va xodimlarning huquqlari va majburiyatlari” mavzusida tadbir tashkil etildi. O‘zbekiston Harbiy prokurorining yordamchisi adliya podpolkovnigi B.Sobirov hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi apparati yuridik bo‘lim boshlig‘i H.Primkulov ishtirok etgan mazkur tadbirda ijtimoiy sherikchilik, jamoa shartnomalari, mehnat munosabatlari va ichki mehnat tartibi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilib, mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari kengroq tushuntirib o‘tildi. Toshkent shahar "Qo‘riqlash" boshqarmasi mas’ullari huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda xizmat intizomini mustahkamlashda xodimlar tomonidan qilinishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritishdi.
Tadbir so‘ngida "Qo‘riqlash" xizmati xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.