Yangiliklar

21 Oktyabr 2023

TIL – MILLAT RUHI

Milliy oʻzligimizni anglashning muhim vositalaridan biri – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga oʻttiz toʻrt yil boʻldi.
Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi 80-sonli umumtaʼlim maktabi hamda viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamkorligida maʼnaviy-maʼrifiy hamda adabiy uchrashuvlar tashkil etildi.
Bundan tashqari, Pushkin nomidagi kutubxona markazida "Qadring baland boʻlsin, ona tilim!" shiori ostida maʼnaviy va maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida harbiy xizmatchi va xodimlar oʻrtasida savol javob oʻtkazilib, kutubxona faoliyati hamda davlat tiliga oid maʼlumotlar bilan tanishishdi.