TIL – MILLAT GʻURURI
Fargʻona shahardagi 25-sonli maktab oʻquvchilari ishtirokida "Til – millat gʻururi" shiori ostida viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari, 7-10 sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Bayram munosabati bilan oʻquvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi sheʼr va hikmatli soʻzlarni aytishdi va oʻz sahna koʻrinishlarini namoyish etildi.
Tadbir davomida yoshlar "Qoʻriqlash" boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir soʻngida esa Milliy gvardiya Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi polkovnik Z.U.Toʻychiyev maktab maʼmuriyatiga oʻz tashakkurnomasini bildirib, oʻquvchilarni esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.