KUN TARTIBIDA XIZMAT INTIZOMINI MUSTAHKAMLASH ASOSLARI MUHOKAMA ETILDI
Kuni kecha Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.D.Mamayusupov ishtirokida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari orasida xizmat intizomini va qonunchilikka rioya qilishlarini yanada kuchaytirish, ular orasida uchrashi mumkin bo‘lgan turli huquqbuzarliklar va korrupsion holatlarning oldini olish borasida yig‘ilish o‘tkazildi.
So‘z olgan mas’ullar bugungi kunda Milliy gvardiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, tizim xodimlariga yaratib berilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, xodimlarning xizmat va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar, kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikrlar bildirdilar.