KUN TARTIBIDA: HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI!
Kuni kecha huquqbuzarliklarni profilaktika qilish kuni doirasida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbir doirasida Urganch harbiy prokuraturasi mas’ullari tomonidan “Diniy ekstremizm, terrorizm va missionerlik xavfini bartaraf etishda xodimlarning mas’uliyati va vazifalari”, “Korrupsiyaga qarshi kurash” hamda “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzularida ma’ruzalar qilindi. Ma’ruzachilar tomonidan mazkur salbiy holatlar orqali kelib chiqayotgan muammolar, ijtimoiy hayot normasining buzilishi hamda jamiyat tanazzulga yuz tutishi bilan bog‘liq misollar keltirib o‘tildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya xodimi degan yuksak va sharafli nomga dog‘ tushirmaslik uchun qaysi jihatlarga e’tibor qaratish zarurligi alohida ta’kidlandi.