Yangiliklar

16 Avgust 2025

Xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun mazmunli va maroqli sayohat tashkil etildi

Ichki ishlar organlari xodimlari hamda ularning oila aʼzolarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tarixiy va koʻngilochar joylarga sayohatlar tashkil etilmoqda.

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida uyushtirilgan navbatdagi sayohat Ichki ishlar boshqarmasi, Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari hamda ularning oila aʼzolari, ayniqsa farzandlari uchun unutilmas xotiralarga boy boʻldi. Unda dastlab Termiz hayvonot bogʻiga tashrif buyurilib, dunyoning turli nuqtalaridan keltirilgan, kamdan-kam uchraydigan noyob jonzotlar, hayvonot va qushlar olami bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Sayohat davomida ishtirokchilar shahar markazidagi “Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasiga ham tashrif buyurishdi. Muzey eksponatlari orqali yurtimizning qadimiy tarixi, milliy urf-odatlari, buyuk ajdodlarimiz merosi bilan tanishib, unutilmas taassurotlar oldilar.

Mazkur tashabbus xodimlar oʻrtasida ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash, ularning oilalari bilan mazmunli vaqt oʻtkazishini taʼminlash hamda farzandlarida ona tabiatga mehr, tarixiy merosga hurmat tuygʻularini shakllantirishga xizmat qildi.