Yangiliklar

13 Oktyabr 2025

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi, tinglovchilari va ularning oila aʼzolarining dam olish kunlarini maroqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Mazkur sayohat davomida Amir Temur muzeyidagi arxeologiya, etnografiya, tarixga oid yodgorliklar, temuriylar davridagi qoʻlyozma shaklidagi asarlar, tasviriy sanʼat namunalarini tomosha qilish bilan bir paytda ularning yaratilish tarixidan xabardor boʻldilar.

Taʼkidlash joizki, ushbu "tarix koʻzgusi" nafaqat muzey sifatida, balki Amir Temur va Temuriylar davri tarixini oʻrganuvchi ilmiy markaz sifatida xalqimizning davlatchilik tarixini yoritib beruvchi, ajdodlarimizning boy moddiy va maʼnaviy merosini oʻzida mujassamlovchi va ilmiy tadqiq etib kelajak avlodga yetkazuvchi yagona obyekt ham hisoblanadi.