Yangiliklar

8 Iyul 2025

Ayol xodimalar bilan oʻtkazilgan davra suhbati samimiy va mazmunli boʻldi

Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi va tuman Qoʻriqlash boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan ayol xodimalar ishtirokida ochiq va samimiy davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida faol, tashabbuskor va fidokor ayol xodimalar bir joyga jam boʻlib, xizmat faoliyati yuzasidan ochiq fikr almashdilar.

Davra suhbatida ayol xodimalarning xizmatdagi faoliyati, erishayotgan yutuqlari va kasbiy rivojlanishi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Ularning boshqarma va boʻlimlardagi oʻrni, yaratilayotgan imkoniyatlar va qulay mehnat sharoitlari munosib eʼtirof etildi. Shuningdek, ayol xodimalarning oʻz sohasida namunali xizmat qilayotgani va jamoada hurmat-eʼtiborga sazovor ekani taʼkidlandi.

Tadbir davomida ayol xodimalar xizmatdagi yutuqlari, kasbiy oʻsish yoʻnalishida olib borayotgan ishlari bilan oʻrtoqlashdilar. Ularning fidoyiligi, tashabbuskorligi va faolligi yuksak baholandi.

Ayol xodimalarning jamoada tutgan oʻrni, tashabbuslari va xizmatga boʻlgan munosabatlari har doim qoʻllab-quvvatlanishi alohida qayd etildi.