MUSTAHKAM OILA — JAMIYAT POYDEVORI
"Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Faxriylar markaziy kengashi hamkorlikda xodimlar va ularning oila aʼzolari ishtirokida sohada uzoq yillar mehnat qilib, hozirgi kunda nafaqada boʻlgan isteʼfodagi podpolkovnik SH. Qahhorovning oilasi ishtirokida "Qoʻsha qarish saodati" mavzusida yosh oilalar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Oʻtkazilgan tadbir davomida faxriy Shokirjon Qahhorov va uning turmush oʻrtogʻi Matluba aya yosh oilalarga oʻzlarining boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqib oilalarni mustahkamlashda, xizmat oʻtash davridagi oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib oilada er va xotin oʻrtasidagi munosabatlar yuzasidan oʻz maslahatlarini berib oʻtishdi. Tadbir davomida yosh oilalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Yosh oilalar oʻtkazilgan tadbirdan hayotiy saboq olishdi.