Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga toʻsiq, uning oldini olish esa har bir xodimning burchi
Fargʻona viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida shaxsiy tarkib ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini shakllantirish, tizimda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish, xizmatda halollik va adolat mezonlariga rioya qilish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda masʼul rahbarlar tomonidan shaxsiy tarkibga korrupsiyaga qarshi qonunchilik normalari, amaliy misollar asosida tushuntirildi. Shu bilan birga, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash hamda qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
Davra suhbati yakunida barcha xodimlardan oʻz xizmat burchiga sidqidildan yondashish, fuqarolar manfaatini birinchi oʻringa qoʻyish va korrupsiyaga qarshi murosasizlik tamoyillariga qatʼiy amal qilish talab etilishi yana bir bor taʼkidlandi.