KORRUPSIYANING OLDINI OLISH VA UNGA QARSHI KURASHISH SIYOSATI AMALDA
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, bu turdagi huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi anglatish maqsadida kuni kecha Xorazm va Buxoro viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmalari xodimlari uchun ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlar orasida xizmat mavqeini suiiste’mol qilish va korrupsiyaning oldini olish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda shaxsiy tarkibga Milliy gvardiya Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari tomonidan video konferensiya aloqa tarzida tushuntirishlar berildi.
Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini samarali yechish ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qolayotganligi ham alohida e’tirof etilib, qonunchilikda ushbu salbiy holatlarga nisbatan belgilangan aniq choralar haqida eslatib o‘tildi.
So‘z olganlar tomonidan mansabdor shaxslar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun javobgarlik turlari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar asosiy ko‘rinishlari haqida mutaxassislar tomonidan fikrlar bildirildi.
Shuningdek, o‘quv seminari ishtirokchilari korrupsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratuvchi omillar, sohaga joriy etilayotgan yangiliklar va korrupsiyani idrok etish indeksidagi ko‘rsatgichlar haqidagi yangiliklardan voqif bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olindi.