"KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI" MAVZUSIDA YIGʻILISH BO‘LIB O‘TDI
Milliy gvardiya tizimlarida korrupsion holatlarning oldini olish va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Ana shunday tizimli ishlardan biri Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmalari va ularning hududiy shahar-tuman “Qo‘riqlash” bo‘limlarida xizmat olib borayotgan shaxsiy tarkib ishtirokida videoselektor tarzida "Korrupsiya – jamiyat kushandasi" mavzusidagi yig‘ilish o‘tqazildi.
Unda viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmalari rahbariyati va shaxsiy xavfsizlik bo‘limlari, hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirok etib, ular tomonidan shaxsiy tarkibga korrupsiya – bu hozirgi vaqtda dolzarb muammolardan biri ekanligi, uni kelib chiqish sabablari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Tadbir davomida bugungi kunda xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ushbu kamchiliklarni keltirib chiqaruvchi omillarga birma-bir to‘xtalib, faoliyat davomida xatoliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar tanqidiy muhokama qilindi.
Shundan so‘ng bugungi kunda korrupsiya holatlari bo‘yicha turli sohalarda va ushbu sohada qo‘pol xatolarda yo‘l qo‘ygan harbiy xizmatchi va xodimlarga nisbatan ko‘rilgan choralar aks etgan videoroliklar namoyish etildi.
Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida xodimlarning huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish, qonunchilikdagi o‘zgarishlardan xabardor etish masalasiga ham e’tibor qaratilib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash eng oliy burch ekanligi yana bir bor tushuntirib o‘tildi.